Farg‘onada 2 kg gashish va 5600 dona dori vositasi musodara qilindi

eʼlon qilindi
Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan
Farg‘onada 2 kg gashish va 5600 dona dori vositasi musodara qilindi
Foto: DXX

Farg‘ona viloyatida 2 kg gashish va 5600 dona dori vositasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan Damas avtomobili to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Mashina Farg‘ona tumanida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan boshqarilgan. Tekshiruv davomida avtomobil salonidan 2 kg 40 gramm gashish moddasi topildi. Shuningdek, 5600 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ham borligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida fuqaro ushbu moddalarni Qirg‘iz Respublikasidagi jinoiy sherigidan olgani ma’lum bo‘lgan. U giyohvandlik vositalarini Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ish Jinoyat kodeksining 246, 251-1 va 273-moddalari bilan yuritilmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Bekobodda narkosavdogarlar 10 yildan ortiq muddatga qamalgani haqida yozgan edi.

Shuningdek