Rossiya joriy qilgan aviakerosin eksportiga taqiq O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi

eʼlon qilindi
Cheklov 2026-yil 30-noyabrgacha amal qiladi
Rossiya joriy qilgan aviakerosin eksportiga taqiq O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi
Foto: Pexels

Rossiya aviakerosin eksportiga 2026-yil 30-noyabrgacha vaqtincha taqiq joriy qildi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida ma’lum qilindi. Kursiv Uzbekistan Energetika vazirligi matbuot xizmatidan izoh oldi.

Vazirlikka ko‘ra, ushbu vaqtinchalik taqiq xalqaro hukumatlararo bitimlar doirasidagi kelishuvlarga tatbiq qilinmasligi qayd etilgan. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida shunday hukumatlararo bitim mavjud. Shu bois Rossiya tomonidan joriy etilgan cheklov O‘zbekistonga aviatsiya yoqilg‘isi importiga ta’sir qilmaydi.

Taqiq birja savdolari orqali xarid qilingan aviayonilg‘iga ham taalluqli bo‘ladi. Qarorda bu chora ichki yonilg‘i bozoridagi barqarorlikni ta’minlash uchun qabul qilingani qayd etilgan. Shu bilan birga, ayrim holatlar uchun istisnolar ham belgilangan.

Xususan, yo‘lda bo‘lgan havo kemalarining texnologik sig‘imlaridagi yonilg‘i taqiq doirasiga kirmaydi. Qaror kuchga kirguniga qadar bojxona tartib-taomillaridan o‘tkazilgan aviayonilg‘i partiyalariga ham cheklov qo‘llanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dizelda ishlaydigan dunyodagi birinchi poyga uchuvchisi taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek