Makkaga safar: 2026-yilgi haj ziyorati qanday o‘tmoqda — foto

Islomning beshinchi ustuni bo‘lgan haj ibodati jismoniy va moddiy qurbi yetgan har bir musulmon uchun umrida bir marta ado etilishi lozim bo‘lgan farz amal sanaladi. Kursiv Uzbekistan 2026-yilgi haj mavsumi qanday o‘tayotgani, muqaddas maskanlarda hukm surayotgan muhit va millionlab ziyoratchilarning ibodat jarayonini aks ettiruvchi fotolarni jamladi.


Ziyoratchilar haj ziyorati doirasidagi shaytonga tosh otish marosimining birinchi kunida Saudiya Arabistonining Mina vodiysi bo‘ylab harakatlanmoqda.


Makka shahridagi Jabal an-Nur tog‘iga tashrif buyurgan ziyoratchi qoyalar orasidan o‘tmoqda. Ushbu tog‘dagi Hiro g‘ori Islom e’tiqodiga ko‘ra, Muhammad (S.A.V)ga Jabroil orqali Qur’onning ilk oyatlari nozil qilingan maskan hisoblanadi.


Ziyoratchilar Makka shahridagi Jabal an-Nur tog‘ida ibodat qilmoqda.


Makka shahri yaqinidagi Arafot vodiysida joylashgan Rahmat tog‘i etagida haj ziyoratini ado etayotgan musulmonlar sovutuvchi suv purkagichlar yonida to‘planib turibdi.


Makka shahridagi Masjid al-Haromda yillik haj ziyorati boshlanishi arafasida minglab ziyoratchilar jam bo‘lgan.


Ziyoratchilar Makka shahridagi Arafot vodiysida joylashgan Namira masjidi yaqinida.


Makka shahridagi Masjid al-Haromda haj ziyorati arafasida tavof amalini bajarayotgan ziyoratchilar Ka’ba qarshisida ibodat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2026-yilda O‘zbekistondan 15 mingdan ortiq ziyoratchilar Hajga bordi. Mamlakat bo‘ylab 9 ta hududiy aeroportdan jami 70 ta maxsus aviareys amalga oshirildi. Reyslar orqali jami 15 130 nafar ziyoratchi Saudiya Arabistoniga yetib bordi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident tashabbusi bilan 100 nafar vatandosh Haj safariga yuborilgani haqida xabar bergan edik.