Islomiy banklar uchun litsenziya berish tartibi belgilanmoqda

eʼlon qilindi
Amaldagi banklar islomiy bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun alohida litsenziya olishi kerak bo‘ladi
O‘zbekistonda islomiy bankni joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi Senatga yuborildi islomiy moliyalashtirish
Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarni litsenziyalash tartibi belgilanmoqda. Markaziy bank boshqaruvi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, amaldagi banklar islomiy bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun alohida litsenziya olishi kerak bo‘ladi. Buning uchun bank Markaziy bankka ariza, aksiyadorlar qarori, uch yillik biznes-reja va islomiy moliya operatsiyalari bo‘yicha alohida hisob yuritish imkoniyatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Loyiha banklarda islomiy moliya kengashi, islomiy moliya bo‘yicha maxsus bo‘linma va ichki audit tizimini tashkil etishni ham nazarda tutadi.

Markaziy bank litsenziya berish bo‘yicha qarorni barcha hujjatlar olingan kundan boshlab ikki oy ichida qabul qiladi. Qaror haqida bank uch ish kuni ichida xabardor qilinadi.

Shuningdek, islomiy moliya kengashi a’zolari va islomiy bank faoliyatiga mas’ul rahbar xodimlar uchun malaka talablari belgilanmoqda. Kengash a’zolari islomiy moliya standartlari, risklarni boshqarish va sohaga oid qonunchilikni bilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi 8 baravarga oshgani haqida xabar berilgandi. 2026-yilning birinchi choragida mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi 11,2 mlrd so‘mga yetdi. 

Xizmatlar tarkibida eng katta ulushni Murobaha egalladi. Ushbu xizmat hajmi 7,7 mlrd so‘mni tashkil etib, jami bozorning 69 foiziga teng bo‘ldi. «Muzoraba» xizmatlari 2,1 mlrd so‘m yoki 19 foizni, «Islomiy ijara» esa 1,4 mlrd so‘m yoki 12 foizni tashkil etdi.

Shuningdek