JCh oldidan Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy himoyachilaridan biri jarohat oldi

3-iyun 2026 11:07 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: O‘FA

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov jarohat oldi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi mashgʻulot vaqtida oʻng oyogʻining boldir mushagida noqulaylik sezgan. Shundan soʻng u tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilgan. Diagnostik va klinik tekshiruvlar natijasiga koʻra, Alijonovning tiklanishi uchun bir hafta vaqt kerak boʻladi.

«Ayni damda Alijonov tibbiy shtab nazorati ostida individual ravishda tiklanish mashgʻulotlarini olib bormoqda», – deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi JCh – 2026 oldidan tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa 8-iyun kuni Niderlandiyaga qarshi nazorat uchrashuvi oʻtkazadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston oʻrtoqlik oʻyinida Kanadaga magʻlub boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek