Sug‘urta agentlari faoliyati uchun yangi talablar belgilandi

eʼlon qilindi
Sug‘urta agenti va sug‘urtalovchi o‘rtasida agentlik bitimi tuziladi
Sug‘urta agentlari faoliyati uchun yangi talablar belgilandi
Foto: depositphotos

Adliya vazirligi Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Yangi tartib sug‘urta agentlarining faoliyati va majburiyatlarini belgilab beradi.

Nizomga ko‘ra, sug‘urta agenti sug‘urtalovchi nomidan va uning topshirig‘i asosida sug‘urta shartnomalarini tuzish hamda ularning bajarilishini tashkil etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs hisoblanadi.

Sug‘urta agenti va sug‘urtalovchi o‘rtasida agentlik bitimi tuziladi. Ushbu bitim tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida sug‘urtalovchi tomonidan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va agentga ID raqam beriladi.

Sug‘urta agenti orqali tuzilgan shartnomalar bo‘yicha vositachilik haqi sug‘urtalovchi hisob raqamiga tushgan sug‘urta mukofotlarining 25 foizidan oshmasligi kerak.

Shuningdek, sug‘urtalovchilar sug‘urta agentlari faoliyatini har olti oyda kamida bir marta monitoringdan o‘tkazadi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan insofsiz sug‘urta agentlari reyestri yuritiladi va u rasmiy veb-saytda ochiq e’lon qilinadi. Yangi tartibga ko‘ra, bank krediti bilan bog‘liq sug‘urta shartnomasi tuzilganda sug‘urtalovchini mijoz o‘zi erkin tanlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Global Insurance Group sug‘urta kompaniyasi litsenziyasi bekor qilingandi. Ma’lumotga ko‘ra, kompaniya 2022-yilda olingan sug‘urta faoliyati litsenziyasidan mahrum etilgan. Shunga qaramay, Global Insurance Group ilgari tuzilgan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek