Bag‘dod tumanidagi suv havzasida bir kishi cho‘kib halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Fermer xo‘jaliklaridan birida
Bag‘dod tumanidagi suv havzasida bir kishi cho‘kib halok bo‘ldi / Foto: Geomembran

Farg‘ona viloyatining Bag’dod tumanidagi suv havzasida yuz bergan baxtsiz hodisa bir kishining o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Hodisa 3-iyun kuni tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birida sodir bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, membranali qoplamali suv havzasida bir fuqaro cho‘kib halok bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng FVV mutaxassislari membranali qoplama asosida qurilgan suv rezervuarlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatdi.

Ta’kidlanishicha, bunday suv havzalari chuqurligi va qoplamasining sirpanchiq bo‘lishi sababli odamlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Shu bois fermer xo‘jaliklari va suv havzalari egalari ularning atrofi to‘silishi, ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda elektromoped kanalga tushib ketishi oqibatida 4 nafar bola halok bo‘lgan edi.

Shuningdek