O‘zbekistonga benzin importi bir yilda ikki baravar oshdi

eʼlon qilindi
Mamlakatda benzin ishlab chiqarish hajmi ham o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekistonga benzin importi bir yilda ikki baravar oshdi / Foto: Autonews.ru

Joriy yilning yanvar – aprel oylarida mamlakatga jami $327,1 mlnlik 568,7 ming tonna benzin import qilingan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘pdir, deya xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi.

Unga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki 4 oyida xorijdan $163,6 mlnlik 280,7 ming tonna benzin olib kirilgan edi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar – aprel oylarida import qilingan benzinning bir tonnasi o‘rtacha $575 ga teng bo‘lgan.

Shu bilan birga, mamlakatda benzin ishlab chiqarish hajmi ham o‘sishda davom etmoqda. Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,5 ming tonnaga yoki 7 foizga ko‘pdir.

Foto: Hafiza Muxtorova

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasida benzin narxi bir oy ichida 13,5 foizga o‘sdi. 5-mart kuni AI-92 bir tonna narxi 11,84 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 6-aprel kuni 13,43 mln so‘mni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston benzin bozorini nimalar kutilayotgani haqida ekspert fikri e’lon qilingan edi.

Shuningdek