
Chevrolet Equinox elektromobili Kanadada yangi Electric Vehicle Affordability Program dasturi orqali eng ko‘p xarid qilingan modellardan biri bo‘lib qolmoqda.
Dastur 2026-yil fevral o‘rtalarida ishga tushirilgan. 30-aprelgacha ushbu federal imtiyoz orqali jami 24,3 mingta avtomobil xarid qilingan. Shundan 3 mingtasi Chevrolet Equinox EV hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu dastur orqali olingan barcha avtomobillarning 12,6 foizini tashkil qiladi.

Mazkur natija bilan Chevrolet Equinox EV umumiy reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinda Toyota bZ bo‘lib, ushbu model bo‘yicha 4,1 mingta xarid qayd etilgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning 16,9 foiziga teng.m Uchinchi o‘rinni Toyota Prius Plug-In Hybrid egalladi. Ushbu model bo‘yicha 2,8 mingta xarid amalga oshirilgan.
Tesla natijasi esa ancha past bo‘ldi. Kompaniya avtomobillari bo‘yicha 270 ta imtiyozli xarid qayd etilgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning 1,1 foiziga teng.

General Motors’ning boshqa elektromobillari ro‘yxatda pastroq o‘rinlarda joylashdi. Chevrolet Bolt bo‘yicha 562 ta, Chevrolet Blazer EV bo‘yicha esa 153 ta xarid qayd etilgan.
Hozircha GM’ning Kanadadagi elektromobil savdolarida Chevrolet Equinox EV yetakchi modellardan biri bo‘lib turibdi. Minglab xaridorlar federal imtiyozlardan foydalanib, aynan ushbu modelni tanlagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri avtomobil dvigateli qizib ketsa nima qilish kerakligi haqida yozgan edi.