Dollar oshdi: 5-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
eʼlon qilindi
4-iyun kuni esa 36,04 so‘mga oshib, 11 970,68 so‘mga yetgan edi

5-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 26,53 so‘mga oshib, 11 997,21 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

26-may kuni esa 18,19 so‘mga oshib, 11 997,83 so‘m bo‘ldi. 1-iyun kuni 4,11 so‘mga oshib, 12 001,94 so‘mni, 2-iyun kuni 52,91 so‘mga tushib, 11 949,03 so‘mni, 3-iyun kuni 14,39 so‘mga tushib, 11 934,64 so‘mni tashkil etgan edi. 4-iyun kuni esa 36,04 so‘mga oshib, 11 970,68 so‘mga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 46,41 so‘mga oshib, 13 949,16 so‘mni, rubl esa 1,66 so‘mga tushib, 161,52 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 4-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.