Zangiotada temir yo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi

eʼlon qilindi
23,6 metr
Zangiotada temir yo‘l ustidan ko‘prik quriladi
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Zangiota tumanida S.Rahimov va O‘rtaovul stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasi o‘rnida zamonaviy yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari xabar berdi.

Unga ko‘ra, loyiha hududda transport harakatini yengillashtirish va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Rejaga ko‘ra, temir yo‘l kesishmasi o‘rnida uzunligi 23,6 metr bo‘lgan zamonaviy yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi.

Inshoot foydalanishga topshirilgach, avtomobillar harakati uzluksiz bo‘ladi. Bu haydovchilar va aholi uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish imkonini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki O‘zbekiston transport infratuzilmasi uchun $200 mln ajratgandi. Ajratilgan mablag‘ hududdagi mintaqaviy avtomagistralni rekonstruksiya qilish hamda mamlakat transport sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Shuningdek