6 – 8-iyun kunlari sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

6 – 8-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. «O‘zgidromet» aholi va haydovchilarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Ma’lumotga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida ayrim hududlarda sel kelishi va past joylarni suv bosishi ehtimoli mavjud.
Sel xavfi e’lon qilingan hududlar
| Viloyat | Hududlar |
|---|---|
| Qashqadaryo | Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor |
| Surxondaryo | Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot |
| Samarqand | Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon |
| Navoiy | Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana |
| Jizzax | Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod |
| Toshkent viloyati | Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Angren va Olmaliq |
| Namangan | Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on |
| Farg‘ona | So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq |
| Andijon | Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat, Xonabod |
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilarga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etildi.
Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, ko‘chalar va pastqam joylarni suv bosishi mumkinligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlari havo isiydi. Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Yakshanba kuni kunduzi 34–37 darajagacha issiq bo‘ladi.