Aniqlangan kamchiliklar ortidan 19 nafar xodim lavozimidan olindi

eʼlon qilindi
Jami 1070 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilgan
Aniqlangan kamchiliklar ortidan 19 nafar xodim lavozimidan olindi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishdagi kamchiliklar aniqlanganidan so‘ng o‘nlab mas’ullarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi, 19 nafar xodim esa lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonasi ma’lum qildi.

Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son farmoni ijrosi doirasida Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarda murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Tahlillar davomida 41 ta vazirlik, idora va hokimlik tomonidan jami 1070 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilgani aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul xodimlarni javobgarlikka tortish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazorat xatlari yuborildi.

TashkilotMuddat buzilishi (ta holat)
Andijon viloyati hokimligi137
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi107
Surxondaryo viloyati hokimligi103
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi79
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi65
Toshkent shahar hokimligi55
Qashqadaryo viloyati hokimligi45
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi45
Namangan viloyati hokimligi44

Hisobot davrida murojaatlar ijro muddatlarini eng ko‘p buzgan tashkilotlar qatoridan Andijon viloyati hokimligi (137 ta holat), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (107 ta), Surxondaryo viloyati hokimligi (103 ta), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (79 ta), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (65 ta), Toshkent shahar hokimligi (55 ta), Qashqadaryo viloyati hokimligi (45 ta), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (45 ta) hamda Namangan viloyati hokimligi (44 ta) qayd etilgan.

O‘tkazilgan ichki xizmat tekshiruvlari yakunlariga ko‘ra, 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, 19 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, PF-51-son farmoni talablari asosida murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmagan 13 ta vazirlik hamda idoraga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi. Mazkur tashkilotlarda qariyb 600 ta murojaatning ijro muddati buzilgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlari soni 7 taga kamaygani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek