4 ming dollar evaziga ishga kirgizishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Kelishilgan summadan 48 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan
4 ming dollar evaziga ishga kirgizishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Surxondaryo viloyatida fuqaroni $4 ming evaziga tanishlari orqali ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan.

Ushbu xizmat evaziga u $4 ming talab qilib, kelishilgan pul mablag‘i hisobidan 48 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Tergovga qadar tekshiruv jarayonida holatning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 6 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan firibgar ayol Turkiyada qo‘lga olingan edi.

Shuningdek