
OnePlus kompaniyasi Turbo 6X smartfonlari taqdimot sanasini e’lon qildi. Gizmochina xabariga ko‘ra, yangi liniya 10-iyun kuni Xitoyda namoyish etiladi.
Seriyadan ikki model, Turbo 6X va Turbo 6X Pro o‘rin oladi.
Turbo 6X Pro Samsung ishlab chiqargan 1,5K AMOLED ekran bilan jihozlanadi. Ekran quyosh ostida yaxshi ko‘rinishi va DC dimming texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda.
Smartfon Dimensity 7400 Super chipi, 8000 mA/soat batareya va 80 Vt tezkor quvvatlashga ega bo‘ladi.
Model IP66, IP68 va IP69 himoya darajalariga ega. Shuningdek, u harbiy talablar bo‘yicha yettita chidamlilik sinovidan o‘tgan.
Turbo 6X Pro 8/128 GB, 8/256 GB va 12/256 GB xotira variantlarida chiqariladi. Ranglar orasida to‘q sariq va qora variantlar bor.
Oddiy Turbo 6X esa 6,72 dyuymli FHD+ LCD ekran, Dimensity 7360 chipi va 7000 mA/soat batareya bilan taqdim etiladi.
Avvalroq Turbo 6X Pro narxi taxminan $147 atrofida bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi.
Avvalroq OnePlus Turbo 6X Pro narxi taxminan $147 atrofida bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi. Shuningdek, smartfon IP69X himoyasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.