O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 307 mln dollarga kamaydi

eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkich 1-mayga nisbatan $307 mlnga oshganini ko‘rsatadi
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 7,8 mln so‘mga tushdi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-iyun holatiga $70,6 mlrdni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 1-mayga nisbatan $307 mlnga oshganini ko‘rsatadi.

«Oʻzbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil may oyida $307,3 mlnga kamaydi. Xususan, oy davomida oltin narxining $4,6 mingdan $4,5 minggacha tushishining ta’siri – $1,5 mlrdni tashkil etdi», – deyiladi regulyator izohida.

Tushish xorijiy valyutadagi aktivlar hisobiga ham yuz berdi. Ularning hajmi may oyidagi $8,7 mlrddan $8,6 mlrdga pasaydi. Naqd valyuta va depozitlar hajmi ham tushib, $7,2 mlrddan $5,7 mlrdga yetdi.

Markaziy bank hisobotidan ekran tasviri

Shu bilan birga, oltin zaxiralari ham pasaydi. May oyida $61,6 mlrd bo‘lgan oltin qiymati iyun boshida $61,4 mlrdga oshdi. Biroq oltinning jismoniy hajmi 13,3 mlndan oshib, 13,6 mln unsiyaga yetdi.

Qimmatli qog‘ozlar hajmida yuqori o‘sish qayd etildi. Ular $2,85 mlrdga yetdi. SDR ko‘rsatkichi oshib, $575 mlnni tashkil qildi.

Boshqa xorijiy valyutadagi aktivlar $167,6 mlndan $118,2 mlngacha pasaydi. Depozitlar va oltin kabi ayrim komponentlarda ham kichik o‘zgarishlar kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oltin markaziy banklarning eng yirik zaxira aktiviga aylangani xabar qilingandi. Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, oltin AQSh davlat obligatsiyalarini ortda qoldirdi. Shu tariqa u dunyodagi asosiy zaxira aktiviga aylandi. Bunga markaziy banklarning bir necha yil davom etgan faol xaridlari sabab bo‘lgan. Shuningdek, oltin narxining tarixiy o‘sishi ham muhim omil bo‘ldi.

Shuningdek