O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 ga yetdi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-yanvar holatida
Germaniya aholisi 2070-yilga kelib 10 millionga kamayishi mumkin
Foto: Reuters

2026-yil 1-yanvar holatida O‘zbekiston aholisi o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davrida 29,3 yosh bo‘lgan bo‘lib, bir yil ichida 0,2 yoshga oshganini anglatadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha yosh Toshkent shahrida qayd etilgan — 32,7 yosh. Poytaxtda nisbatan katta yoshdagi aholining ulushi yuqoriroq ekani bu ko‘rsatkichga ta’sir qilmoqda. Shuningdek, Buxoro viloyatida 31,1 yosh, Toshkent viloyatida esa 31 yosh qayd etilgan bo‘lib, bu hududlar ham respublika bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega.

Navoiy viloyatida o‘rtacha yosh 30,1 yoshni, Farg‘ona viloyatida esa 30 yoshni tashkil etgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Xorazm viloyatlarida ko‘rsatkich 29,5–29,8 yosh oralig‘ida saqlanib qolgan.

Eng yosh aholi esa janubiy hududlarda kuzatilmoqda. Surxondaryo viloyatida o‘rtacha yosh 27,4 yosh bo‘lib, bu respublika bo‘yicha eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatida 27,7 yosh, Jizzax viloyatida 28,4 yosh va Samarqand viloyatida 28,5 yosh qayd etilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston aholisining qariyb 56 foizi mehnatga layoqatli ekani haqida yozgandi.

Shuningdek