Apple’ning ilk buklanadigan iPhone modeli kuzda chiqishi mumkin

8-iyun 2026 13:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Apple’ning ilk buklanadigan iPhone modelini kuzda chiqishi mumkin
Foto: Shutterstock

Apple 2026-yil kuzida o‘zining ilk buklanadigan iPhone smartfonini taqdim etishi mumkin. MacRumors xabar berishicha, yangi model faqat oq rangda chiqarilishi kutilmoqda.

Nashr buklanadigan iPhone’ni Apple’ning bu yilgi eng muhim smartfoni deb atadi. Bir qator taniqli insayderlar qurilma 2026-yil kuzida taqdim etilishiga ishonmoqda.

Smartfon hozircha faqat bitta rangda, ya’ni oq tusda tayyorlanadi. Kompaniya qora rangli variantni ham ko‘rib chiqqan, biroq ishlab chiqarishni soddalashtirish uchun bir rang bilan cheklanishi mumkin.

Bloomberg sharhlovchisi Mark Gurman ham Apple yorqin ranglardan voz kechishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, kompaniya buklanadigan iPhone’ni premium segmentda sotishni rejalashtirmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, buklanadigan iPhone’ning boshlang‘ich narxi $2 ming atrofida bo‘ladi. Taqqoslash uchun, iPhone 17 Pro Max’ning eng arzon versiyasi $1,2 mingdan boshlanadi.

Mutaxassislar buklanadigan smartfonlar bozorida asosiy muammolar ekran himoya qatlami va sharnir bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. BGR nashri yozishicha, oddiy buklanadigan smartfon kamida bir yarim yil barqaror ishlashi kerak. Amaliyotda esa bunday qurilmalarda ko‘pincha ekran qoplamasi yoki buklash mexanizmi ishdan chiqadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Apple Rossiyaning MAX messenjerini App Store’dan olib tashlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek