Chevrolet Onix modellar qatorini kengaytirdi, 1-sinfga qabul sanasi — 8-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Toshkent va Andijon viloyatlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Chevrolet Onix modellar qatorini kengaytirdi, 1-sinfga qabul sanasi — 8-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Chevrolet

Chevrolet Onix modellar qatorini kengaytirdi, 1-sinfga qabul sanasi — 8-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

«Panduslar» bo‘yicha ishlar hali to‘liq yakunlanmagan — Toshkent metropoliteni

Panduslar bo‘yicha ishlar hali to‘liq yakunlanmagan — Toshkent metropoliteni
Ekran tasviri Toshkent metropoliteni

Toshkent metropoliteni metro bekatlarida o‘rnatilayotgan elektron ko‘targich (pandus)lar bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, imkoniyati cheklangan shaxslar va keksalar uchun metro bekatlarining kirish-chiqish qismlariga zamonaviy elektron ko‘targich (pandus)lari o‘rnatilmoqda.

JSST xavfli oziq-ovqat sabab yiliga 1,5 mln kishi vafot etishini ma’lum qildi

JSST xavfli oziq-ovqat sabab yiliga 1,5 mln kishi vafot etishini ma’lum qildi
Foto: Kursiv Media

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xavfli oziq-ovqat sabab yiliga 1,5 mln kishi vafot etishini ma’lum qildi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Tashkilotga ko‘ra, har yili dunyoda 860 mln nafardan ortiq odamlar sifatsiz yoki noto‘g‘ri qayta ishlangan mahsulotlar sabab kasallanadi. Bunday oziq-ovqatlar oqibatida yiliga 1,5 mln kishi vafot etadi.

Tramp Netanyahuni Eronga zarba bermaslikka chaqirdi

Tramp Netanyahuni Eronga zarba bermaslikka chaqirdi
Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga Eronga javob zarbasi bermaslikni aytdi. Axios nashriga ko‘ra, Tramp yakshanba kuni Netanyahu bilan telefon orqali gaplashgan. U Isroil rahbaridan diplomatiyaga ko‘proq vaqt berishni so‘ragan.

Manbalarga ko‘ra, Tramp Eronning raketa hujumidan keyin Isroil javob qaytarmasligi kerakligini bildirgan. Tehron bu hujumni yakshanba kuni Bayrutdagi Isroil zarbasiga javob deb atagan.

Denovda gashish sotmoqchi bo‘lgan yigit 10 yilga qamaldi

Denovda gashish sotmoqchi bo‘lgan yigit 10 yilga qamaldi
Videodan ekran tasviri

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida giyohvandlik vositasi (gashish)ni sotishga uringan 24 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda MY5 telekanalida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, yigit avval bir marta bezorilik uchun sudlangan. Yana ikki marta giyohvandlik va psixotrop moddalarni qonunga xilof muomalaga kiritganlik uchun javobgarlikka tortilgan.

Chevrolet Onix 2027 yangi versiyalar bilan to‘ldirildi

Chevrolet Onix 2027 yangi versiyalar bilan to‘ldirildi
Foto: Chevrolet

General Motors Braziliyada Chevrolet Onix 2027 model qatorini kengaytirdi. Yangilangan qatorga Log, Pro, Eco va Activ versiyalari qo‘shildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Bu Chevrolet’ning Braziliyadagi eng ommabop modeli uchun muhim yangilanishlardan biri bo‘ldi. Endi Onix xetchbek kuzovida jami to‘qqizta, sedan kuzovida esa beshta komplektatsiyada taklif etiladi.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun bepul yozgi oromgohlar tashkil etildi

Foto: Mehribonlik.uz

O‘zbekistonda ilk bor yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yangi ijtimoiy loyiha boshlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Tashabbus doirasida mamlakatning barcha hududlaridan 7 – 14 yoshdagi 1 295 nafar bola yozgi oromgohlarda dam oladi.

1-sinfga qabul jarayoni 20-iyundan start oladi

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

O‘zbekistonda yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyundan boshlanadi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu yil 795 mingdan ortiq bola birinchi sinfga qabul qilinishi kutilmoqda.

Qabul ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqich 20-iyundan 31-iyulgacha davom etib, bolalar o‘z yashash hududiga biriktirilgan maktablarga joylashtiriladi.

Pashinyan jamoasi Armaniston parlament saylovlarida ustunlik qildi

Armaniston parlament saylovlarida amaldagi bosh vazir Nikol Pashinyan boshchiligidagi «Fuqarolik shartnomasi» partiyasi oldinga chiqdi. Bu haqda News.am xabar berdi.

Markaziy saylov komissiyasi 94% byulletenlar hisobidan so‘ng ushbu siyosiy kuch 50,07% ovoz olganini ma’lum qildi. Bu natija partiyani saylov poygasida yetakchi o‘ringa olib chiqdi.

Toshkent va Andijon viloyatlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Andijon va Toshkent viloyatlarida bir qator kadrlar o‘zgarishlari amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimliklari ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Abdusattor Otabayev tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar harbiy qismlarda xizmat qilgan.

Shuningdek