O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi / Foto: «O‘zgidromet» agentligi

9–12-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» ogohlantirish berdi.

Unga ko‘ra, ushbu davrda kutilayotgan yomg‘irlar sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim tumanlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Xususan, xavfli hududlar qatoriga Qashqadaryoning Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob va Shahrisabz, Surxondaryoning Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov va Boysun, Samarqandning Urgut, Bulung‘ur, Nurobod hamda Qo‘shrabot tumanlari kiradi.

ViloyatHududlar
QashqadaryoYakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor
SurxondaryoSariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot
SamarqandUrgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon
NavoiyXatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana
JizzaxZomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod
ToshkentOhangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari, Angren va Olmaliq shaharlari
NamanganPop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on
Farg‘onaSo‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq
AndijonAndijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri

Shuningdek, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida suv bosish holatlari yuzaga kelishi ehtimoli ham mavjud.

Mutasaddilar tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030-yilgacha Jizzax, Samarqand va Toshkentda 5 ta yangi sel-suv ombori barpo etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek