
Xiaomi yangi avlod buklanuvchi smartfon ustida ishlamoqda. Gizmochina’ga ko‘ra, qurilma haqida ilk ma’lumotlar HyperOS tizimi kodlarida aniqlangan.
Manbalarga ko‘ra, yangi model odatdagi buklanuvchi smartfonlarga qaraganda kengroq ekran bilan taqdim etilishi mumkin. Bu esa uni Apple’ning kutilayotgan iPhone Fold modeliga raqobatchi sifatida ko‘rsatmoqda.
Qurilma Mix Fold seriyasining davomi bo‘lishi mumkin. Hozircha Mix Fold 5, Xiaomi 17 Fold va Xiaomi 18 Fold nomlari ehtimoliy variant sifatida tilga olinmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon Leica bilan hamkorlikda yaratilgan uch kamerali tizimga ega bo‘ladi. Asosiy kamera 200 megapiksel sensor bilan jihozlanishi mumkin.
Yangi model Xiaomi’ning Xring O3 protsessorida ishlashi kutilmoqda. Shuningdek, HyperOS’da ko‘p vazifali ishlash imkoniyatlari yaxshilanadi va buklanish mexanizmi ham yangilanadi.
Smartfon hali rasman taqdim etilmagan. Biroq manbalar uning Xitoydagi premyerasi 2026-yil avgust oyida bo‘lib o‘tishini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi yangi UltraSpeed AI rejimini taqdim etgandi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 1 trln parametrga ega ushbu model universal grafik protsessorlarda ishlay oladi va soniyasiga 1000 dan ortiq tokenlar yaratishi mumkin.