Germaniyada o‘zbek talabalariga oid bir asrlik hujjat topildi

eʼlon qilindi
Akademik Azamat Ziyo boshchiligida
Germaniyada o‘zbek talabalariga oid bir asrlik hujjat topildi / Foto: O‘zA

Germaniya arxivlarida olib borilgan tadqiqotlar davomida bir asr avval Germaniyada tahsil olgan o‘zbek yoshlariga oid yangi tarixiy hujjatlar aniqlandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Yevropa bo‘ylab ilmiy safarida Berlindagi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi arxiviga tashrif buyurdi. Akademik arxiv fondlarida o‘zbek xalqi va davlatchiligi, shuningdek, Turon-Turkiston tarixiga oid hujjatlar mavjudligi bilan qiziqdi.

Arxiv mutasaddilari Tarix institutining ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirib, hujjatlar saqlanayotgan noyob va qimmatli jamg‘armalar bilan tanishtirdi.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

O‘rganishlar davomida o‘tgan asrning 20-yillarida yurtimizdan Germaniyaning oliy ta’lim muassasalariga yuborilgan o‘zbek talaba yoshlari haqidagi hujjatlar aniqlandi. Shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Germaniyada tashkil etilgan madaniy komissiya faoliyatiga oid materiallar ham topildi.

Topilgan hujjatlar orasida Buxoro xalq sho‘rolar jumhuriyati tarixiga oid materiallar ham mavjud. Bundan tashqari, o‘z davrining ma’rifatparvar ayollaridan biri bo‘lgan Xayriniso Majidxonovaga tegishli arxiv hujjatlari ham aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar uchun qaysi xorij davlatida o‘qish qulayligi haqida maqola e’lon qilingan edi.

Shuningdek