Istanbuldagi baxtsiz hodisada 6 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

eʼlon qilindi
Bola tramvay relslari oralig‘ida qisilib qolgan
Istanbuldagi baxtsiz hodisada 6 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi / Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi

8-iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida O‘zbekistonning voyaga yetmagan fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hodisa Fotih tumani, Laleli mavzesidagi tramvay bekatida sodir bo‘lgan. Vafot etgan 6 yoshli bola ota-onasi va yaqinlari bilan Turkiyaga sayyoh sifatida kelgan.

Voyaga yetmagan fuqaro tramvaydan tushganidan so‘ng bekat va tramvay relslari oralig‘ida qisilib qolgan. Shundan keyin transport vositasining harakatlanishi natijasida u og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Ayni paytda hodisa yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Bosh konsulxona Istanbulda yo‘l-transport infratuzilmasi va jamoat transporti qatnovi juda serqatnov ekanini inobatga olib, ota-onalarni voyaga yetmagan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikka hamda ularning xavfsizligiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippindagi kuchli zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘lgan edi.

Shuningdek