Gulistonda chiyabo‘ri 4 kishiga hujum qildi

eʼlon qilindi
9-iyun kuni
Gulistonda chiyabo‘ri 4 kishiga hujum qildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

9-iyun kuni soat taxminan 17:30 larda Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi Ishonch mahallasi yaqinida chiyabo‘ri 4 nafar fuqaroga hujum qildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Hodisa vaqtida mahallada yashovchi fuqaro tezkor harakat qilib, yovvoyi hayvonni zararsizlantirgan. Shu tariqa mavjud xavf bartaraf etilgan.

Jarohat olgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.

Hokimlik ma’lum qilishicha, holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganish va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nobud bo‘lgan baliqlarni kanalga oqizgan korxonaga 92 million so‘m kompensatsiya hisoblangandi. Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani Achchisoy kanalida baliqlar nobud bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.

Shuningdek