Dollar oshdi: 11-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Foto: Pixabay

11-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 13,81 so‘mga tushib, 12 054,03 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Manba: Markaziy bank

4-iyun kuni 36,04 so‘mga oshib, 11 970,68 so‘mga, 5-iyun kuni esa 26,53 so‘mga oshib, 11 997,21 so‘mga yetdi. 8-iyun kuni 52,23 so‘mga oshib, 12 049,44 so‘mni, 9-iyun kuni 36,04 so‘mga tushib, 12 013,40 so‘m 10-iyun kuni esa 21,82 so‘mga tushib, 12 035,22 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 16,93 so‘mga oshib, 13 932,05 so‘mni, rubl esa 0,9 so‘mga tushib, 167,05 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek