«Chinor» metro bekati 50 kunga yopiladi

eʼlon qilindi
Bu davrda «Chinor» va «Yangihayot» bekatlari o‘rtasida metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
«Chinor» metro bekati 50 kunga yopiladi / Foto: Wikipedia

Toshkent metropolitenining «Chinor» metro bekatida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlanishi munosabati bilan bekat 2026-yil 13-iyundan boshlab 50 kun muddatga yopiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha doirasida bekatning kirish va chiqish qismlari kengaytiriladi. Shuningdek, yoshi ulug‘ fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda bolali oilalar uchun 4 ta katta sig‘imli zamonaviy lift o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida bekatga qo‘shimcha 12 ta turniket ham o‘rnatiladi. Metropoliten ma’muriyatining ta’kidlashicha, amalga oshirilayotgan ishlar metro infratuzilmasini modernizatsiya qilish va bekatdan foydalanish qulayligini oshirishga qaratilgan.

Bekatning vaqtincha yopilishi davrida transport qatnovining uzluksizligini ta’minlash uchun «Chinor» va «Yangihayot» metro bekatlari o‘rtasida maxsus metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Ular belgilangan jadval asosida harakatlanib, yo‘lovchilarga bir bekat masofasini bosib o‘tishda xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropoliteni «panduslar» bo‘yicha ishlar hali to‘liq yakunlanmagani haqida ma’lum qilgan edi.

Shuningdek