Kadastr agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Sadriddin Abdullayevich Turdiyev Kadastr agentligiga yangi rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.
Sadriddin Turdiyev shu vaqtga qadar prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Murat Muxtarovich Fayzullayev Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.




Alisher Abduazizovich Xafizov, Mirsaid Sadikovich Mirmaksudov hamda To‘lqin Mansurovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi. Bundan tashqari, Abdushukr Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori maslahatchisi lavozimini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri ko‘chmas mulkni o‘lchash tartibi yangilangani haqida yozgan edi.