Uchta Chevrolet modeliga o‘g‘irlik ko‘paydi

11-iyun 2026 14:39 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet Traverse 2027 narxlari ma’lum bo‘ldi
Foto: Chevrolet

Carfax ma’lumotlariga ko‘ra, katalizator o‘g‘riligi ko‘paymoqda. O‘tgan yilning o‘zida 137 mingdan ortiq katalizator o‘g‘irlangani taxmin qilinmoqda.

GM Authority yozishicha, eng ko‘p nishonga olinadigan avtomobillar ro‘yxatiga uchta Chevrolet modeli ham kirdi. Bular — Chevrolet Silverado, Chevrolet Traverse va Chevrolet Tracker.

Mutaxassislarning aytishicha, pikap va SUV avtomobillar o‘g‘rilar uchun qulayroq nishon bo‘ladi. Sababi ularning kuzovi balandroq joylashgan va katalizatorga yetib borish osonroq.

Katalizatorlar ichida platina, palladiy va rodiy kabi qimmatbaho metallar bor. Shu sababli ular qora bozorda talabgir hisoblanadi.

Oddiy katalizator uchun o‘g‘rilar $25 dan $300 gacha pul olishi mumkin. Gibrid avtomobillarniki esa qimmatbaho metall ko‘proq bo‘lgani sabab $1,4 minggacha baholanishi mumkin.

Avtomobil egasi uchun esa zarar ancha katta bo‘ladi. Katalizatorni almashtirish ayrim hollarda $3 minggacha tushishi mumkin.

Mutaxassislar avtomobilni yopiq garajda yoki yaxshi yoritilgan joyda qoldirishni tavsiya qiladi. Shuningdek, signalizatsiya, harakat sensori, katalizator uchun maxsus himoya panjarasi yoki qulf o‘rnatish foydali bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq General Motors Braziliyada 2027-yilgi Chevrolet Onix Pro modelini taqdim etgandi. GM Authority’ga ko‘ra, yangi versiya Onix xetchbekining boshlang‘ich komplektatsiyasi asosida yaratilgan, ammo ko‘proq qulaylik va jihozlarga ega.

Shuningdek