O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish milliy dasturi joriy etiladi

eʼlon qilindi
2027-yildan boshlab
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish milliy dasturi joriy etiladi / Foto: President.uz

O‘zbekistonda JSST va xalqaro ekspertlar hamkorligida ishlab chiqilgan Saratonga qarshi kurashish milliy dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shavkat Mirziyoyev onkologik va gematologik tibbiy yordam hamda davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdimoti bilan tanishdi.

Dastur doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari xodimlarining onkologik hushyorligi oshiriladi. Shuningdek, xalqaro tavsiyalar asosida klinik qo‘llanmalar joriy qilinadi. Bemorlarga tashxis qo‘yish va davolashda multidissiplinar yondashuv qo‘llanadi. Nur terapiyasi xizmatini modernizatsiya qilish maqsadida eskirgan kobalt qurilmalari zamonaviy chiziqli tezlatkichlarga almashtiriladi.

2030-yilgacha palliativ va xospis xizmatlar qamrovi kamida 80 foizga yetkaziladi. 2026-yil 1-sentabrdan respublikada palliativ va xospis yordamining yagona tizimi joriy etilib, bemorlarni aniqlash, hisobga olish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Mobil palliativ brigadalar tashkil etilib, uy sharoitida tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, gematologik va onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash darajasini 2030-yilgacha 30 – 40 foizdan 60 foizgacha oshiradi. Transplantatsiyaga tayyorgarlik muddati 6 oydan 3 oygacha qisqartiriladi. Kamida 15 yillik ish stajiga ega xodimlarning farzandlari kontrakt to‘lovining bir qismi qoplanadi va uy-joy sotib olishda dastlabki badalning bir qismi subsidiyalanadi.

Qayd etilishicha, aholi orasida eng ko‘p uchraydigan saraton kasalliklari bo‘yicha skrining va maqsadli tibbiy tekshiruvlar qamrovini kamida 60 foizga yetkazish, saraton kasalligiga chalingan bemorlarning 5 yillik yashovchanlik ko‘rsatkichini 35 foizdan kamida 45 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA kompaniyasi O‘zbekistonda zamonaviy shifoxonalar qurishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek