Xiaomi elektromobillar uchun avtomatik quvvatlash robotini taqdim etdi

11-iyun 2026 21:31 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Xiaomi elektromobillar uchun avtomatik quvvatlash robotini taqdim etdi / Foto: Xiaomi

Xiaomi elektromobil egalari uchun quvvatlash jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida zaryadlash qurilmasini mustaqil ulab va uzib bera oladigan robotni taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Kompaniya tomonidan e’lon qilingan videolavhada uy sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan robotlashtirilgan manipulyator elektromobilga zaryadlash kabelini avtomatik ravishda ulashi va quvvatlash yakunlangach uni ajratishi namoyish etilgan. Qurilmaning asosiy afzalliklaridan biri uning korpusi atigi 152 millimetr kenglikda ekani bo‘lib, bu tor avtoturargohlarda ham undan foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek, robotlashtirilgan qo‘lni smartfon orqali masofadan boshqarish mumkin. Mazkur yechim Xiaomi’ning uy sharoitida elektromobillarni quvvatlash uchun mo‘ljallangan qurilmalari qatorini yanada kengaytiradi.

Kompaniya hozirda quvvati 7 kVt va 11 kVt bo‘lgan uy zaryadlash stansiyalarini ham taklif qilmoqda. 7 kVt quvvatli model 220 voltli bir fazali tarmoqda ishlaydi, o‘lchami 400×180×120 millimetrni tashkil etadi va 640 grammli yengil quvvatlash pistoleti bilan jihozlangan.

Foto: Xiaomi
Foto: Xiaomi

11 kVt quvvatli model esa xuddi shu o‘lchamlarga ega bo‘lsa-da, 380 voltli uch fazali tarmoq uchun mo‘ljallangan va 770 gramm og‘irlikdagi quvvatlash pistoleti bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM elektromobillar orqali elektr energiyani sotishni joriy etishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek