200 megapikselli kameraga ega Moto G Max smartfoni taqdim etildi

12-iyun 2026 07:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
200 megapikselli kameraga ega Moto G Max smartfoni taqdim etildi
Foto: Motorola

Motorola kompaniyasi tomonidan Braziliyada yangi Moto G Max smartfoni taqdim etildi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.

Model 200 megapikselli asosiy kamera, IP69 darajasidagi himoya, 120 Hz chastotali AMOLED ekran va 5200 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Smartfon 6,8 dyuymli AMOLED displeyga ega. Ekran 1,5K aniqlik, 120 Hz yangilanish chastotasi va 5000 nitgacha maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Displey Gorilla Glass 7i himoya oynasi bilan qoplangan.

Foto: Motorola

Moto G Max MediaTek Dimensity 6400 protsessori asosida ishlaydi. Qurilmada 8 GB tezkor xotira va 256 GB ichki xotira mavjud.

Smartfonning asosiy kamerasi 200 megapikselli bosh sensor va 8 megapikselli qo‘shimcha moduldan iborat. Old kamera esa 32 megapikselli sensor bilan jihozlangan.

Qurilma 5200 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, 33 Vt quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Moto G Max’da Dolby Atmos texnologiyasiga ega stereodinamiklar, ekran ostiga joylashtirilgan barmoq izi skaneri va IP69 himoya darajasi mavjud.

Smartfon Android 16 operatsion tizimida ishlaydi. Korpus qalinligi 7,38 mm, vazni esa 183 grammni tashkil etadi. Braziliyada Moto G Max narxi taxminan $490 deb baholangan.

Avvalroq «Kursiv» Motorola Edge 70 Pro+ periskop kamerali versiyada taqdim qilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek