AI-92 yoki AI-95: yozda qay biri yaxshiroq

eʼlon qilindi
Fit Service texnik direktori Nikita Rodionov tavsiyalari
O‘zbekistonga benzin importi bir yilda ikki baravar oshdi
Foto: Autonews.ru

Mutaxassislar yozning issiq kunlarida avtomobilga quyiladigan benzin tanloviga alohida e’tibor berishni tavsiya qilmoqda. Yuqori harorat dvigatel ishiga ta’sir qilishi va detonatsiya xavfini oshirishi mumkin.

Fit Service texnik direktori Nikita Rodionovning aytishicha, issiq havoda dvigatel yuqori harorat ostida ishlaydi. Bunday sharoitda yonilg‘i-havo aralashmasining noto‘g‘ri yonishi, ya’ni detonatsiya yuzaga kelish xavfi ortadi.

Uning ta’kidlashicha, AI-95 benzini yuqori harorat va katta yuklama sharoitida detonatsiyaga yaxshiroq qarshilik ko‘rsatadi. Bu ayniqsa quvib o‘tish, tog‘li yo‘llarda harakatlanish yoki avtomobil to‘liq yuklangan paytda muhim ahamiyatga ega.

Agar avtomobil ishlab chiqaruvchisi AI-95 dan foydalanishni tavsiya qilgan bo‘lsa, ayniqsa yozda arzonroq yonilg‘i uchun tavakkal qilmaslik kerak. Bu tavsiya, avvalo, zamonaviy turbo dvigatelli va siqish darajasi yuqori motorlarga tegishli.

Biroq AI-92 uchun mo‘ljallangan atmosfera dvigatelli avtomobillarda sifatli AI-92 benzini yozda ham muammosiz ishlashi mumkin. Oddiy foydalanish sharoitida ko‘plab haydovchilar AI-92 va AI-95 o‘rtasidagi farqni sezmasligi ham mumkin.

Mutaxassislar eng muhim omil benzin markasi emas, balki uning sifati ekanini ta’kidlamoqda. Sifatsiz yonilg‘i tarkibidagi zararli qo‘shimchalar shamlar va katalizatorda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sababli haydovchilarga yonilg‘ini ishonchli AYoQShlardan xarid qilish va avtomobil ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qilish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning 9 ta tumanida 40 ta yangi AYQSh qurilishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, yangi stansiyalar Sergeli, Bektemir, Chilonzor, Yangihayot, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Olmazor, Uchtepa va Yunusobod tumanlarida joylashtiriladi.

Shuningdek