«Ochiq turizm mavsumi» dasturi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun $100 miqdorida subsidiya
«Ochiq turizm mavsumi» dasturi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda har yili iyun–avgust oylarida «Ochiq turizm mavsumi» dasturi o‘tkaziladi. Dastur doirasida aviatashuvchilar, turoperatorlar va mehmonxonalarga bir qator imtiyozlar hamda subsidiyalar beriladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-iyundan boshlab har yili yoz oylarida «Ochiq turizm mavsumi» dasturi amalga oshiriladi.

Dastur doirasida xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga yangi aviareyslar yo‘lga qo‘ygan mahalliy va xorijiy aviatashuvchilarning xarajatlarining bir qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Shuningdek, har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun $100 miqdorida subsidiya ajratiladi.

O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan turoperatorlarga esa salohiyatli xorijiy davlatlardan olib kelingan har 1 ming nafar sayyoh uchun $5 ming subsidiya beriladi.

Bundan tashqari, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari uchun to‘langan QQSning 50 foizi keshbek sifatida qaytariladi.

Qarorga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega bo‘lgan 50 nafar xorijiy bloger uchun O‘zbekistonga 7 kunlik bepul sayohat dasturlari tashkil etiladi.

Shuningdek, dunyoning yirik onlayn sayyohlik platformalarida O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilish bilan bog‘liq xarajatlar ham qoplab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda «Eski shahar» turizm majmuasi tashkil etilishi xabar qilingandi. Xususan, Sharq tongi mahallasidagi Samarqand va Ko‘zagarlik ko‘chalari Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Zarqaynar ko‘chasi namunasi asosida «Eski shahar» turizm majmuasiga aylantiriladi.

Shuningdek