8 ta davlat bozoridagi eng ommabop smartfon aniqlandi

12-iyun 2026 12:55 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone 17
Rasm: Kursiv Uzbekistan

Counterpoint Research ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil mart oyida iPhone 17 qatoridagi modellar AQSh, Xitoy, Hindiston, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiyada eng ko‘p sotilgan smartfonlar qatoridan joy oldi. Janubiy Koreyada esa Samsung Galaxy S26 Ultra 43 foizlik ulush bilan yaqqol yetakchi bo‘ldi.

Apple ko‘plab mamlakatlarda ustun

Mart oyida iPhone 17 5G AQSh, Hindiston, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiyada eng ko‘p sotilgan model bo‘ldi. Xitoyda esa birinchi o‘rinni iPhone 17 Pro Max 5G egalladi.

Samsung Koreyada katta farq bilan oldinda

Janubiy Koreyada Samsung Galaxy S26 Ultra 5G 43 foizlik ulush bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda Galaxy S26 5G bo‘lib, uning ulushi 12 foizni tashkil etdi.

Eng ko‘p sotilgan modellar

Mamlakat1-o‘rindagi modelSavdo ulushi
AQShApple iPhone 17 5G13%
XitoyApple iPhone 17 Pro Max 5G6%
HindistonApple iPhone 17 5G4%
GermaniyaApple iPhone 17 5G11%
Buyuk BritaniyaApple iPhone 17 5G29%
FransiyaApple iPhone 17 5G13%
Janubiy KoreyaSamsung Galaxy S26 Ultra 5G43%
YaponiyaApple iPhone 17 5G25%

Buyuk Britaniya va Yaponiya Apple uchun eng kuchli bozor bo‘ldi

Buyuk Britaniyada iPhone 17 5G savdo ulushi 29 foizga yetdi. Yaponiyada esa ushbu model 25 foizlik ulush bilan birinchi o‘rinni oldi.

Xitoy va Hindistonda raqobat kuchli

Xitoyda yetakchi modelning ulushi atigi 6% bo‘ldi. Hindistonda esa birinchi o‘rindagi iPhone 17 5G ulushi 4 foizni tashkil etdi. Bu bozorlarda smartfon savdosi ko‘proq turli brendlar o‘rtasida taqsimlanganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilning birinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfonlar ma’lum qilingandi. Hisobotga ko‘ra, iPhone 17 seriyasi reytingda birinchi uch o‘rinni band qildi. iPhone 17 Pro Max va iPhone 17 Pro ham yuqori o‘rinlarda qayd etildi.

Shuningdek