AQSh vizasini ololmagan argentinalik muxlislarga televizor sovg‘a qilindi

12-iyun 2026 15:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
AQSh vizasini ololmagan argentinalik muxlislarga televizor sovg‘a qilindi
Foto: Anadolu

Argentina terma jamoasining AQShda bo‘lib o‘tadigan JCh o‘yinlariga bora olmagan muxlislariga bepul televizor topshirildi. Bu haqda The Washington Post nashriga tayanib, Anadolu agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSh vizasini olish uchun ariza topshirib, rad javobini olgan argentinalik futbol ishqibozlariga Noblex kompaniyasi tomonidan televizorlar sovg‘a qilingan. Aksiyada 100 nafar muxlis qatnashgan. Ular AQSh vizasi bo‘yicha rad javobini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan so‘ng bepul televizor olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Mazkur tashabbus orqali kompaniya mundial o‘yinlarini stadionda tomosha qila olmaydigan muxlislarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Endi ular Argentina terma jamoasining JChdagi uchrashuvlarini uy sharoitida kuzatishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq AQShda o‘tkaziladigan JCh o‘yinlariga borish istagida bo‘lgan ayrim xorijlik muxlislar viza olishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani xabar qilingandi.

Avvalroq «Kursiv» futbol bo‘yicha Jahon chempionati taqvimini e’lon qilgan edi.

Shuningdek