
Iyun oyida Toshkentdagi «Malika» bozorida iPhone 17 modellari aksariyatining narxi fevral oyidagi qiymatlardan past bo‘ldi. Xotira hajmi katta bo‘lgan Pro Max versiyalari sezilarli darajada arzonlashdi. Kursiv Uzbekistan bozordagi takliflarni o‘rganib chiqdi.
Agar fevral oyida 256 GB xotiraga ega iPhone 17 Pro $1,3 – 1,4 mingga sotilgan bo‘lsa, hozir uni taxminan $1250 ga sotib olish mumkin. Pasayish $50 dan $150 gacha bo‘lgan.
256 GB iPhone 17 Pro Max narxi ham arzonlashdi. Fevral oyida sotuvchilar rangga qarab qurilma uchun $1490 dan 1590 gacha so‘rashgan bo‘lsa, hozir o‘rtacha narx $1380 atrofida.

Katta xotiraga ega versiyalar yanada arzonlashdi. Shunday qilib, fevral oyida $1650 – 1860 bo‘lgan 512 GB iPhone 17 Pro Max bugun taxminan $1550 ga taklif qilinmoqda.
1 TB versiyasi $2130 – 2300 dan $1999 ga tushdi, 2 TB maksimal komplektatsiyasi esa $2,6 – 2,9 mingdan $2499 ga tushdi.
Narxlarning pasayishi o‘ta yupqa iPhone 17 Air’ga ham ta’sir ko‘rsatdi. Agar qishda 256 GB xotiraga ega modelni taxminan $970 ga topish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, hozir u $929 ga sotilmoqda.
Sotuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Pro Max modeliga, ayniqsa, Cosmic Orange rangiga talab yuqoriligicha qolmoqda.
Shu bilan birga, ko‘plab savdo nuqtalari xaridorlarga Toshkent bo‘ylab bepul yetkazib berishni taklif qilmoqda. Ko‘pincha kuryerlar kun davomida buyurtma rasmiylashtirilgandan so‘ng smartfonlarni kechqurun yetkazib beradi.
Eslatib o‘tamiz, Counterpoint Research ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil mart oyida iPhone 17 qatoridagi modellar AQSh, Xitoy, Hindiston, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiyada eng ko‘p sotilgan smartfonlar qatoridan joy oldi. Janubiy Koreyada esa Samsung Galaxy S26 Ultra 43 foizlik ulush bilan yaqqol yetakchi bo‘ldi.