O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishida Navoiy viloyati yetakchi — statistika

eʼlon qilindi
Keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri va viloyati egallab turibdi
35 ta oliygoh kimyo sohasi uchun yangi mutaxassislar tayyorlashga jalb etildi
O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishida Navoiy viloyati yetakchi — statistika / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

2026-yil yanvar – aprel oylarida mamlakatda jami 394,7 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy viloyatiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 100,5 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Ikkinchi o‘rinda Toshkent shahri 63,7 trln so‘m bilan qayd etilgan bo‘lsa, Toshkent viloyati 58,8 trln so‘mlik natija bilan uchinchi pog‘onani egallagan. Shuningdek, Andijon viloyatida 36 trln so‘m, Samarqand viloyatida 19,8 trln so‘m va Farg‘ona viloyatida 18,3 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Foto: SI

Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati 17 trln so‘m, Qashqadaryo viloyati 15,4 trln so‘m, Namangan viloyati 12,6 trln so‘m hamda Jizzax viloyati 12,4 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan qayd etilgan. Xorazm viloyatida bu ko‘rsatkich 11,3 trln so‘mni tashkil qilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9,7 trln so‘mlik, Sirdaryo viloyatida 8,9 trln so‘mlik va Surxondaryo viloyatida 5,5 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan. Mazkur ko‘rsatkichlar hududlarning mamlakat sanoatidagi ulushi va iqtisodiy faolligini aks ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kelgusi besh yilda oltin zaxirasi qo‘shimcha 879 tonnaga oshirilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek