Eron bilan kelishuv yakunlandi — Tramp

eʼlon qilindi
Ma’lumotni Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem Gharibabadi ham tasdiqladi
AQSh Grenlandiya masalasiga aralashgan 8 ta Yevropa davlatiga bojlarni oshirmoqchi
Foto: Facebook

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan sulh kelishuvi tuzilganini va Hormuz bo‘g‘ozi kemalar qatnovi uchun qayta ochilishini ma’lum qildi.

Tramp Eron bilan harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Keyinroq bu ma’lumotni Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem Gharibabadi ham tasdiqlagan.

Trampga ko‘ra, kelishuv AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikni darhol to‘xtatishni nazarda tutadi. Shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozi kemalar uchun bepul va ochiq bo‘ladi.

Tramp Truth Social’dagi bayonotida Hormuz bo‘g‘ozidagi AQSh dengiz blokadasi bekor qilinishini bildirdi. Uning aytishicha, bu neft tashuvlari va xalqaro savdo uchun muhim ahamiyatga ega.

Kelishuv Shveysariyada imzolanadi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning bildirishicha, rasmiy imzolash marosimi 19-iyun kuni Shveysariyada bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarda Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiya ham vositachilik qilgan.

Buyuk Britaniya va Fransiya rahbarlari kelishuvni qo‘llab-quvvatladi. Ular Hormuz bo‘g‘ozining ochilishi mintaqaviy barqarorlik va jahon energetika bozori uchun muhimligini ta’kidladi.

AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens esa ushbu kelishuv Yaqin Sharqda «yangi davr» boshlanishiga xizmat qilishi mumkinligini aytdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujjat loyihasida Eronning muzlatilgan aktivlarini qaytarish masalasi ham bor. Gap taxminan $25 milliardlik mablag‘ haqida ketmoqda. Ushbu aktivlar to‘g‘ridan to‘g‘ri pul o‘tkazmalari, kredit liniyalari va mintaqaviy hamkorlik mexanizmlari orqali Tehronga qaytarilishi mumkin.

Shuningdek