Germaniya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
15-iyundan boshlab
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Foto: prezident.uz

Germaniya prezidenti Frank-Walter Steinmeier 15-iyundan boshlab Osiyoning uch davlati — Indoneziya, Filippin va O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan yo‘l oladi. Bu haqda DPA International nashri xabar berdi.

Besh kun davom etadigan safar davomida u qator siyosiy va iqtisodiy uchrashuvlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Shtaynmayer matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, u safarda rafiqasi Elke Byudenbender hamda Germaniyaning biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya hamrohligida bo‘ladi.

Tashrifning yakuniy manzili O‘zbekiston bo‘lib, Germaniya prezidenti Toshkentda bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda. Dasturdan Germaniyaning yirik qurilish kompaniyalaridan biri – GP Günter Papenburg filialiga tashrif ham o‘rin olgan.

Ma’lum qilinishicha, muzokaralarning asosiy mavzularidan biri mehnat migratsiyasi va malakali kadrlarni tayyorlash masalalari bo‘ladi. Germaniya tomoni O‘zbekistondan xorijga ishlash uchun chiqayotgan yoshlar salohiyatiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Germaniya prezidentining idorasi O‘zbekiston Osiyoda nemis tilini o‘rganuvchilar soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakat ekanini ham ta’kidlagan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabriklab, O‘zbekistonga taklif etgani haqida yozgandi.

Shuningdek