Germaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

eʼlon qilindi
17 – 18-iyun kunlari
Germaniya federal prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 17 – 18-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Germaniya federal prezidenti mamlakatimizga rafiqasi hamrohligida keladi. Tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari o‘tkaziladi.

Muzokaralarda O‘zbekiston — Germaniya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika va «yashil» texnologiyalar, transport va logistika, farmatsevtika, kimyo sanoati hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi.

Shuningdek, ta’lim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashadi.

Muzokaralar doirasida bir qator yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Albaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi haqida yozgan edi.

Shuningdek