«Yangihayot» – «Chinor» oralig‘ida bepul metrobus qatnaydi

eʼlon qilindi
13-iyundan boshlab
«Yangi Hayot – Chinor» oralig‘ida bepul metrobus qatnaydi
Foto: Tashtrans

Toshkent metrosining Chilonzor yo‘nalishidagi «Chinor» bekatida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan 2026-yil 13-iyundan boshlab yo‘lovchilar uchun «Yangihayot» – «Chinor» bekatlari oralig‘ida bepul metrobus xizmati yo‘lga qo‘yildi.

«Toshshahartransxizmat» ma’lumotiga ko‘ra, dastlab yo‘nalishda to‘rtta elektrobus qatnagan. Yo‘lovchilar oqimi oshgani sababli 15-iyundan boshlab elektrobuslar soni oltitaga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Chinor» metro bekatining kirish qismini kengaytirish ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgandi. Loyiha doirasida qo‘shimcha liftlar o‘rnatish va turniketlardan o‘tish qismini kengaytirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ushbu rekonstruksiya ishlari doirasida bekat 2026-yil 13-iyundan boshlab 50 kun muddatga yopildi.  Metropoliten ma’muriyatining ta’kidlashicha, amalga oshirilayotgan ishlar metro infratuzilmasini modernizatsiya qilish va bekatdan foydalanish qulayligini oshirishga qaratilgan.

Shuningdek