O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi bizneslar uchun 10 mln dollarlik dastur ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
IFC
Highland Central Asia Fund II fondiga
O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi bizneslar uchun 10 mln dollarlik dastur ishga tushiriladi
Foto: IFC

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) O‘zbekiston hamda Qirg‘izistonda faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta bizneslarni rivojlantirishga qaratilgan yangi investitsiya tashabbusini e’lon qildi. Bu haqda korporatsiya saytida ma’lum qilindi.

Tashkilot Highland Central Asia Fund II fondiga $10 milliongacha mablag‘ yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

Loyiha doirasida sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, logistika, savdo, oziq-ovqat ishlab chiqarish, ko‘chmas mulk va turizm kabi sohalarda ishlayotgan 10 – 15 ta kompaniya qo‘llab-quvvatlanadi. Investitsiyalar korxonalarning o‘sishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Fond vakillari va IFC mutaxassislari ushbu hamkorlik mintaqadagi tadbirkorlar uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishini qayd etmoqda. Bundan tashqari, kompaniyalarga boshqaruv samaradorligini oshirish va biznesni rivojlantirish bo‘yicha ekspert ko‘magi ham ko‘rsatiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xorazm va Dashog‘uz tadbirkorlari 3 mln dollarlik bitimlar imzolagani haqida yozgandi.

Shuningdek