Malayziya vaziri Toshkentda tandirda non yopdi

Malayziya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri Datuk Seri Hoji Muhammad bin Sabu boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi «Eski Juva» dehqon bozoriga tashrif buyurdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Tashrif davomida mehmonlar non ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Malayziya delegatsiyasi o‘zbek nonvoychilik an’analari, tandirda non tayyorlash jarayoni va milliy non turlari haqida ma’lumot oldi.



Vazir Muhammad bin Sabu tandirda non yopish jarayonida bevosita ishtirok etib, o‘zbek nonining tayyorlanish usullariga qiziqish bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga 40 tonna urug‘ni beg‘araz taqdim etgani haqida xabar berildi. Yordam doirasida ob-havo sharoitlariga chidamli va sertifikatlangan 20 tonna chigit hamda 20 tonna sholi urug‘lari topshirildi. Shuningdek, 500 kilogramm miqdorida sabzavot va poliz ekinlarining saralangan, yuqori sifatli urug‘lari ham yetkazib berilgan.