Chevrolet Express 2027 qachon ishlab chiqariladi

16-iyun 2026 10:03 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet Express 2027 qanday avtomobil
Foto: GM Authority

General Motors 2027-yilgi Chevrolet Express ishlab chiqarishni 2026-yil 31-avgustdan boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda GM Authority xabar berdi.

Dilerlar model bo‘yicha buyurtmalarni 23-iyuldan qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Bu sana hozircha taxminiy, keyinroq o‘zgarishi mumkin.

Chevrolet Express 2027 deyarli 2026-yilgi model bilan bir xil bo‘ladi. Avtomobil Cargo, Passenger va Cutaway versiyalarida taklif etiladi.

Passenger versiyasida LS va LT komplektatsiyalari saqlanib qoladi. Standart holatda avtomobil 12 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘ladi, uzaytirilgan versiyalarda esa 15 kishilik salon varianti ham taklif qilinadi.

Model uchun ikkita dvigatel mavjud bo‘ladi: 276 ot kuchiga ega 4,3 litrli V6 va 401 ot kuchiga ega 6,6 litrli V8. Har ikkisi 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlaydi.

V8 dvigatelli Express Cargo 10 ming funtgacha yuk torta oladi. Passenger versiyasida esa maksimal tortish imkoniyati 9,6 ming funtgacha yetadi.

2027-yilgi Chevrolet Express AQShning Missuri shtatidagi GM Wentzville zavodida yig‘iladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uchta Chevrolet modeliga o‘g‘irlik ko‘paygani xabar qilingandi. Bular — Chevrolet Silverado, Chevrolet Traverse va Chevrolet Tracker.

Shuningdek