Dollar oshdi: 17-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

17-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 32,29 so‘mga oshib, 12 012,12 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
9-iyun kuni 36,04 so‘mga tushib, 12 013,40 so‘m 10-iyun kuni 21,82 so‘mga oshib, 12 035,22 so‘mni, 11-iyun kuni 13,81 so‘mga oshib, 12 054,03 so‘mni tashkil qildi. 12-iyun kuni 39,55 so‘mga tushib, 12 014,48 so‘m, 15-iyun kuni 32,67 so‘mga tushib, 11 981,81 so‘m bo‘ldi. 16-iyun kuni esa 1,98 so‘mga tushib, 11 978 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 30,27 so‘mga oshib, 13 935,26 so‘mni, rubl esa 1,13 so‘mga oshib, 166,12 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 16-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.