Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Prezidentning 2026-yil 15-iyundagi «Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish to‘g‘risida»gi PQ–226-son qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida barpo etilayotgan «O‘zbek – turk do‘stligi» xiyoboniga yondosh bo‘lgan Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismiga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.
Mazkur hudud Istiqbol, Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi hamda Mahtumquli shohko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliqni qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Hatay viloyatida «O‘zbekiston mahallasi», Shavkat Mirziyoyev bulvari hamda Toshkent va Samarqand ko‘chalari tantanali ravishda ochilgan edi.