Meta, Boeing va boshqa kompaniyalar O‘zbekistonda investitsiya qilishga qiziqish bildirdi

eʼlon qilindi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida
Meta, Boeing va boshqa kompaniyalar O‘zbekistonda investitsiya qilish qiziqish bildirdi
Foto: prezident.uz

Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida Shavkat Mirziyoyev AQShning yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqotda AQSh Eksimbanki, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC), shuningdek Air Products, BlackRock, Visa, JP Morgan, Meta, Boeing kabi yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda muhim minerallarni qazib olish va qayta ishlash, energetika, metallurgiya, moliya, sun’iy intellekt hamda raqamli texnologiyalar kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdi. AQSh biznes vakillari mamlakatda yaratilgan sharoitlarni ijobiy baholab, yangi tashabbuslarni ilgari surishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Yig‘ilish yakunida ikki tomonlama hujjatlar almashuvi ham amalga oshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishi bo‘yicha AQSh bilan kelishuvga erishilgani haqida yozgandi.

Shuningdek