17-iyun kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin
eʼlon qilindi
17-iyun soat 20:00 gacha amal qiladi

17-iyun kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Harorat kunduzi 31–40° gacha isiydi, kechasi esa 13–27° atrofida saqlanadi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Quyida ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 33–35° | 22–24° | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm | 32–37° | 18–23° | Ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Buxoro, Navoiy | 33–38° | 20–25° | Ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo | 31–36° | 20–25° | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qashqadaryo, Surxondaryo | 35–40° | 22–27° | Ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona | 31–36° | 20–25° | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Tog‘oldi va tog‘li hududlar | 20–25° | 13–18° | Yomg‘ir, momaqaldiroq, sel xavfi |
Eslatib o‘tamiz, 16 – 19-iyun kunlari 9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilingan.