Toshkent xalqaro moliya markazida investorlar uchun 50 yillik imtiyozlar beriladi

eʼlon qilindi
Ushbu markazning huquqiy asoslari Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanadi
Toshkent xalqaro moliya markazida investorlar uchun 50 yillik imtiyozlar beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent xalqaro moliya markazida investorlar uchun 50 yillik imtiyozlar beriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi.

Davlat rahbari birinchi navbatda investorlar uchun huquqiy kafolatlar tizimini yanada kuchaytirish masalasiga e’tibor qaratdi. Prezidentning ta’kidlashicha, investorlar huquqlarini kuchli institutlar va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan mexanizmlar orqali ta’minlash hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Shu maqsadda joriy yil mart oyidan Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlangan. Ushbu markazning huquqiy asoslari Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanadi. Markaz ishtirokchilari uchun jozibador soliq rejimi yaratiladi. Jumladan, foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk solig‘i va bojxona bojlari nol foiz etib belgilanadi.

Shuningdek, kapitalning erkin harakati, istalgan valyutada hisob-kitob qilish imkoniyati kafolatlanadi. Moliyaviy texnologiyalar, raqamli aktivlar va «yashil» moliya yo‘nalishlari uchun zamonaviy tizim shakllantiriladi.

Toshkent xalqaro moliya markazi hududida normativ hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega mustaqil moliyaviy regulyator ham tashkil etiladi.

Yangi tizim qanday ishlaydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mazkur sudda nufuzli xorijiy sudyalar va xalqaro ekspertlar faoliyat yuritadi. Bu esa investorlar uchun nizolarni xalqaro standartlar asosida, shaffof va xolis ko‘rib chiqish imkonini yaratadi. Ushbu tizim Angliya huquqi tamoyillariga asoslanadi.

Shu bilan birga, mamlakatda investitsion mediatsiya tizimi ham rivojlantiriladi. Bu mexanizm investorlar va boshqa tomonlar o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish, kelishuvga erishish va ishbilarmonlik muhitida ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Prezidentning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida. Ushbu xalqaro hujjat mediatsiya orqali erishilgan kelishuvlarni tan olish va ijro etish mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Davlat rahbari qayd etganidek, bu choralar natijasida investorlar O‘zbekistonning o‘zida kafolatlangan xalqaro huquqiy himoyaga ega bo‘ladi. Ya’ni investitsiya nizolarini hal qilish uchun xorijiy yurisdiksiyalarga murojaat qilish zarurati kamayadi, mamlakat ichida xalqaro mezonlarga mos huquqiy muhit shakllanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yilda O‘zbekistonda 675 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek