Vivo X Fold 6 smartfoni taqdimotdan oldin namoyish etildi

17-iyun 2026 13:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo X Fold 6 smartfoni taqdimotdan namoyish etildi
Foto: ITHome

Vivo kompaniyasining yangi bukiluvchi flagmani – Vivo X Fold 6 rasmiy taqdimotdan oldin jonli suratlarda namoyish etildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Smartfon 26-iyun kuni taqdim qilinishi kutilmoqda. E’lon qilingan tasvirlarda qurilmaning o‘zi, uning dizayni va yetkazib berish to‘plami ko‘rinadi.

Vivo X Fold 6 texnik imkoniyatlari bo‘yicha brendning eng ilg‘or bukiluvchi smartfonlaridan biri sifatida baholanmoqda. Qurilmaning asosiy kamerasi 200 megapikselli sensor bilan jihozlanadi. Unga 50 megapikselli Zeiss APO periskop telefoto moduli hamda 50 megapikselli alohida ultra keng burchakli kamera qo‘shiladi. Tasvirlarni qayta ishlash uchun esa Blueprint V3+ tizimi qo‘llanadi.

Yana nimalarni kutish mumkin

Vivo X Fold 6 smartfoni taqdimotdan namoyish etildi
Foto: ITHome

Smartfon tashqi telekonverterni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa Vivo X Fold 6’ni mobil fotografiyaga jiddiy urg‘u berilgan bukiluvchi flagmanlardan biriga aylantiradi. Qurilmada barmoq izi skaneri yon tomonga joylashtiriladi.

Vivo X Fold 6 ichki qismida Samsung M14 materiallari asosidagi yangi avlod displeylari qo‘llanadi. Smartfon MediaTek Dimensity 9500 Super Edition chipi bilan ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu platforma unumdorlik va energiya samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ayniqsa, sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalar va katta ekranli qurilmalarda bu farq yaqqol sezilishi aytilmoqda.

Smartfonga taxminan 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilishi kutilmoqda. Bunday batareya hajmi bukiluvchi smartfonlar segmenti uchun muhim ustunlik bo‘lishi mumkin. Vivo X Fold 6’ning to‘liq texnik xususiyatlari, narxi va sotuvga chiqish muddatlari 26-iyun kungi rasmiy taqdimotda ma’lum qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vivo X500 smartfoni katta akkumulyator va periskop kameraga ega bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek